AsosiyDunyo

Koronavirus Filippinda ham aniqlandi

'Koronavirus Filippinda ham aniqlandi'ning rasmi

Koronavirus Xitoyda paydo bo`lganiga bir oy bo`lmasdan allaqachon 20ga yaqin davlatni zabt etishga ulgurdi.

Bugun Filippinda ham bir fuqaroda pnevmoniyani keltirib chiqaradigan koronavirusning yangi turi qayd etildi. Bu haqda bugun, mamlakatning sog`liqni saqlash vaziri Fransisko Dyuke ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, kasallangan odam Xitoyning Uxan shahridan bir hafta oldin kelgan 38 yoshli Xitoy fuqarosi bo`lgan. Ayni paytda u tibbiy nazoratda.

Vazirning so`zlariga ko`ra, Filippinda koronavirusning yangi turi tarqalishi munosabati bilan 23 kishi shifokorlar nazorati ostida turibdi.

Pnevmoniyani keltirib chiqaradigan koronavirusning 2019-nCoV deb nomlangan turi 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Xubei provinsiyasida, Uxan shahrida vujuga kelgan bo`lib, hozirgi vaqtda XXRda bu virus bilan kasallanganlar soni 7700 kishidan oshdi, ulardan 170 nafari vafot etdi.

Boshqa yangiliklar