AsosiyJamiyat

Buxoroda IIB xodimiga pora berishga uringan shaxslar qo`lga olindi

'Buxoroda IIB xodimiga pora berishga uringan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Qorovulbozor tumanida.

2020 yil 25 yanvar kuni fuqaro D.A “Lasetti” rusumi 80 R 614 JA davlat raqam belgili avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun YPX inspektori tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Fuqaro A.D Qorovulbozor tumani IIB YHXG inspektori katta serjant O.A.ga avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 1.000.000 so`m pullarni pora sifatida taklif qilgan. O.A.ning bildirgi asosida o`tkazilgan tadbirda, 2020 yil 28 yanvar kuni soat 11.35 larda fuqaro A.D katta serjant O.A.ning xizmat xonasida 1.000.000 so`mga hisoblab, 100 AQSh dollari va 50.000 so`m pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ushlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

G`ijduvon tumanida.

Shofirkon tumanida yashovchi T.R o`zining tanishi, shu tumanda yashovchi, D.M.ga tegishli, dvigatelidagi zavod raqamlari o`zgartirilganligi sababli jarima maydoniga joylashtirilgan “FORD” rusumli, 85 K 132 GA davlat raqam belgili avtomashinani jarima maydonidan chiqarish hamda ekspert ko`rigidan o`tkazmasdan davlat raqam belgisini rasmiylashtirib berish evaziga viloyat IIB YHXB xodimi serjant A.H.ga 200.000 so`m miqdorida pora taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga asosan o`tkazilgan tadbirda, 2020 yil 27 yanvar kuni soat 18:15 larda fuqaro T.R serjant A.H.ning xizmat xonasida ushbu pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar