AsosiySport

Krishtianu Ronaldu yana bir ko`rsatkich bo`yicha tarixdagi birinchi bo`ldi

'Krishtianu Ronaldu yana bir ko`rsatkich bo`yicha tarixdagi birinchi bo`ldi'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog`ida 200 mln obunachiga ega bo`lgan dunyodagi birinchi inson bo`ldi. Bu haqda unews.uz yozdi

"Qoyil-ey, 200 mln. Menga har kuni bu sayohatda hamrohlik qilayotgan barchaga rahmat”, deb izoh bergan Ronalduning o`zi bu natijasiga.

Instagram`da Ronaldudan ko`proq obunachiga faqat ijtimoiy tarmoqning o`zi ega – 330 mln obunachi.

Ijtimoiy tarmoqda eng ko`p obunachilarga ega foydalanuvchilar uchligiga Ronaldudan tashqari, amerikalik qo`shiqchi Ariana Grande (173 mln) va aktyor Dueyn Jonson (170 mln) kiradi.

Shuningdek, internet qidiruv tizimlaridagi tayanch so`zlarni o`rganuvchi SEMRush`ga ko`ra, Ronaldu boshqa futbolchilarga nisbatan ko`proq qidiriladi. Bir oyda o`rtacha u haqida 870500 marta so`rov amalga oshiriladi.

Avvalroq Ronaldu 2019 yilda Instagram`da eng ko`p pul topgan kishi bo`lgani, u yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgani ma`lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar