AsosiyJamiyat

Namanganda yana bir haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo`lga olindi

'Namanganda yana bir haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyati YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi YPX inspektoriD.Cho`lponov xizmat taqsimotiga ko`ra 2020 yilning 26 yanvar kuni Kosonsoy tumani hududida xizmat faoliyatini olib borayotgan edi. Shu kuni taxminan soat 11:05 da “Spark” rusumli avtomashinani hujjatlarini tekshirish maqsadida o`rnatilgan tartib to`xtatgan vaqtida, haydovchi A.M.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo`lmaganligi sababli, fuqaro A.M.ga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnomani rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi A.M. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektori D.Cho`lponovga 600 ming so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni fuqaro A.M. YPX inspektori D.Cho`lponovga 460 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Eslatib o`tamiz, sal avval Namangan va Buxoroda ham YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchilar qo`lga tushgan edi.

    Boshqa yangiliklar