“Toshshahartransxizmat” AJ aholi talab va takliflarini inobatga olgan holda o`z tasarrufidagi yo`nalishlarni muvofiqlashtirib bormoqda. Talab yuqori bo`lgan avtobus yo`nalishlari harakati va jadvallar soniga o`zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning fevral oyidan boshlab yana qator yo`nalishlar o`zgartiriladi. Jumladan, 2-avtobus saroyiga qarashli 49-“TTZ – Do`stlik metrosi” yo`nalishi harakati to`g`ri yo`nalishda Aviasozlar ko`chasining “Aviyasozlar saroyi” bekatidan Aviasozlar, Qorasuv, Alimkent, Elbek ko`chalari orqali “Do`stlik” metrosigacha etib o`zgartirildi.
63-“Qorasuv 1-mavze – Yunusobod 9-daha” yo`nalishi esa Oltintepa ko`chasidan Xirmontepa, Buyuk ipak yo`li va Mirzo Ululg`bek ko`chalari orqali o`tadigan bo`ldi.
83-“Yunusobod 6-dahasi – Ekskavator zavodi” yo`nalishi endilikda Yangi Yunusobod ko`chasidan Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur va A.Donish ko`chalari orqali o`tadi.
199-“Ekskavator zavodi – Jismoniy tarbiya instituti” yo`nalishi avtobuslari o`z harakatini “Jismoniy tarbiya instituti” bekatidan Qang`li, Feruza, Navoiy ko`chalari orqali “Oq qovoq” mahallasidan davom ettiradi. Bu yo`nalish endilikda “Ekskavator zavodi – Oq qavoq mahallasi” deb yuritiladi.
Shuningdek, 4-avtobus saroyiga qarashli 8-“Sergeli 7-dahasi – Chilonzor 25-dahasi” yo`nalishi avtobuslari ham endilikda Shokirariq, M.Tursunzoda, Mehrigiyo Parkent yo`li, THAY va M.Tursunzoda ko`chalari orqali Sergeli 7-daha AShBga qadar harakatlanadi.
Bundan tashqari yo`lovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, 2-avtobus saroyi tasarrufidagi 14,24,60,63,89,96- hamda 4-avtobus saroyining 8,32,38,57,80,84,122,135-yo`nalishlarning jadvallari soniga ham o`zgartirishlar kiritildi.






