AsosiyJamiyat

TIV koronavirusdan jabrlanganlar bo`yicha so`ngi ko`rsatkichlarni ma`lum qildi. Vaziyat murakkabligicha qolmoqda

'TIV koronavirusdan jabrlanganlar bo`yicha so`ngi ko`rsatkichlarni ma`lum qildi. Vaziyat murakkabligicha qolmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bergan ma`lumotga binoan, Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati ko`rayotgan qat`iy choralarga qaramasdan koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) tarqalishi bilan bog`liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Virusni yuqtirganlar soni 6 mingdan ko`proqni tashkil qilib, kasallikdan vafot etganlar soni esa 130 nafardan oshdi. Bundan tashqari kasalga chalinganlar qator boshqa davlatlarda ham aniqlandi, deya ma`lum qildi TIV.

O`zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi va Bosh konsulxonasi Uxan shahri va karantin joriy qilingan boshqa shaharlardagi hamyurtlarimiz bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi hamda markaziy va mahalliy hukumat idoralari bilan birgalikda yuzaga kelayotgan muammolar, shu qatorda maishiy masalalarni tezkorlik bilan hal qilmoqdalar.

Vatandoshlarimizning sog`lig`iga bo`lgan ehtimoliy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O`zbekiston fuqarolariga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishlari qat`iy tavsiya etiladi.

Yanvar oyida Uxan shahridan vatanga qaytib kelgan o`zbekistonlik talabalar zudlik bilan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga +998909882330 (direktor o`rinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog`lanishlari zarur.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O`zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev), +86 139 1175-4476 (Shuxrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug`bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi

 

    Boshqa yangiliklar