Qozog`iston bilan O`zbekiston “Sariarka Avto Prom” TOO maydonida birgalikda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar eksporti hajmini oshirishga kelishib oldi, deb ma`lum qildi “NewTimes.kz” axborot agentligi “KazakhExport” AJ matbuot xizmati xabariga tayangan holda.
Hamkorlik haqidagi bitimni KazakhExport eksport-sug`urta AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi Ruslan Ishaqov va O`zavtosanoat AJ rahbari Shavkat Umurzaqov imzoladi. Hujjat imzolash marosimi Chevrolet modellari ko`rgazmasida bo`lib o`tdi. Xabarda aytilishicha, ushbu uchrashuvda Qozog`iston Respublikasi bosh vaziri Asqar Mamin ham hozir bo`lgan.
Ushbu hujjat Qozog`iston avtomobillarini O`zbekiston Respublikasiga eksport qilishni moliyalashtirishda KazakhExportning moliya-sug`urta instrumentlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Imzolangan hujjat doirasida 11,8 million dollarlik 766 dona JAC S3 va JAC S5 markasidagi avtomobillarni O`zbekiston bozoriga etkazib berish bo`yicha savdo kelishuviga erishildi.
Xitoyning JAC S3 krossoverlari ilk bor Qozog`istonga 2013 yilda kirib kelgan edi, 2017 yilga kelib, mazkur modellar Qozog`istonda ishlab chiqarila boshladi.






