AsosiyJamiyat

Koronavirus O`zbekistonga kelishi mumkinmi?

'Koronavirus O`zbekistonga kelishi mumkinmi?'ning rasmi

O`zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasida aniqlangan va tarqalayotgan koronavirus kasalligi kirib kelishi mumkinmi? Bu haqda "Kongres-xoll" majmuasida o`tayotgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ma`lumot berildi.

“Koronavirus havo tomchi yo`li orqali odamdan-odamga yuqadi. Bugungi kunda O`zbekistonda koronavirus holati aniqlanmadi. Bu kasallikni oldini olish uchun gigienaga rioya qilish lozim. Kechagina Bosh vazir tomonidan majlis tashkil etilib, Sog`liqni saqlash, Tashqi ishlar vazirliklariga kasallik bizga kirib kelmasligini oldini olish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan. Chegarachilar hushyorlikni oshirmoqdalar. 

Lekin, shuni qayd etish lozimki O`RVIda ham o`lim holatlari 2,4 foizni tashkil etadi”, dedi Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Bahodir Yusupaliev.

    Boshqa yangiliklar