Koson tumani hokimligining majlislar zalida jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. Matbuot anjumanida viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig`i Usmon Nusurov va Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ishtirok etmoqda. Matbuot anjumani kuni kecha tumandagi 98 -umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori bilan sodir bo`lgan korrupsion holat muhokamasiga bag`ishlangan.
Matbuot anjumanida Koson tumanidagi maktab direktorlari ham ishtirok etishdi.
Tumandagi 2-maktab direktori Sayyora Oripova quyidagicha fikr bildirdi.
— 98-maktab direktorini yaxshi taniyman, inson sifatida hurmat qilaman. Lekin yuqoridagi holat barchamizni hayratga soldi. Balki e`tiborsizlikmi yoki boshqa sabab u xato qildi,- deydi Sayyora Oripova.






