AsosiyJinoyat

“Chinozlik Ahmadboy” va boshqalarga nisbatan to`rtinchi ochiq sud bo`lib o`tmoqda

'“Chinozlik Ahmadboy” va boshqalarga nisbatan to`rtinchi ochiq sud bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar A. Tursunboev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko`rib chiqish bo`yicha to`rtinchi ochiq sud bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati vakili Aziz Obidov xabar qildi...

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X. Shermuxamedov raisligida ko`rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar A. Tursunboev va boshqalar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o`tkazilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.

Keyingi sud majlisi 30 yanvar kuni o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar