Andijondagi «Jahon buyum bozori» hududida «Tig`» profilaktik tadbiri o`tkazildi. Ushbu safarbarlik doirasida bozorda sotilayotgan 350 dan ortiq pichoqning uchi to`mtoqlashtirildi. Bu kabi choralar «Eski shahar dehqon bozori» hududida ham olib borilmoqda. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur choralar shahar hududida tig`li jismlar yordamida sodir etilishi mumkin bo`lgan og`ir turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xuddi shu kabi profilaktik choralar va tushuntirish ishlari shaharning «Eski shahar dehqon bozori» hududida ham o`tkazilib, xavfli tig`li jismlar uchi to`mtoq holga keltirilyapti. Bundan tashqari, o`tkazilayotgan «Tun» tadbirlari davomida bemaqsad yurgan shaxslarning yonidan 18 ta tig`li predmetlar tortib olindi.






