AsosiyDunyo

Eronda 5.4 balli zilzila sodir bo`ldi

'Eronda 5.4 balli zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Eron janubidagi Fars viloyatida 27 yanvar kuni 5,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi, deya xabar berdi Eron davlat televideniyasiga asoslanib Tarjumon.

Fars viloyati favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig`ining so`zlariga ko`ra, zilzila oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Ammo tabiiy ofat yuz bergan hududda joylashgan Xan Zenian shahrida uylarga zarar etgan.

Zilzila sodir bo`lgan joyga ekspertlar guruhi yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, zilzila episentrdan taxminan 50 km uzoqlikdagi Sheroz aholisi ham er silkinishini sezgan.

 

    Boshqa yangiliklar