Giyohvandlik vositasi topilgani fakti bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Keltirilishicha, 18-yanvar kuni taxminan soat 20.50 da Bektemir tumanidagi shaharga kirish YPX postida “Lasetti” rusumli avtomobil to`xtatildi. 28 yoshli yo`lovchi Abduvohid M.ning o`zini tutishi gumon uyg`otdi: nazarini xodimlardan olib qochib, savollarga mujmal javob qaytarar edi. Tekshiruv davomida unga tegishli bo`lgan 7 ta paketlarda jami 99,27 gr. marixuana topildi.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinig 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






