Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday huquqbuzarlikka chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida “ISUZI” rusumli yuk avtoulovi to`xtatilib, ko`zdan kechirilganida, mazkur avtoulovda hech qanday hujjatlari bo`lmagan 60 dona televizor va 52 dona changyutgichlar borligi aniqlandi.
Umumiy qiymati 112 million so`mni tashkil etuvchi ushbu maishiy texnika buyumlari qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda






