AsosiyJamiyat

Qorasaroyda qoradori operasiyasiga chek qo`yildi

'Qorasaroyda qoradori operasiyasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.N. to`xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. 

Natijada, ushbu shaxsning yonidan 1,64 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.X. ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi. 

Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yonidan ham umumiy og`irligi 9,53 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Olmazor tumani Qorasaroy ko`chasida o`tkazilgan tadbirda fuqaro Z.Z. va uning xonadoni o`rnatilgan tartibda tekshiruvdan o`tkazilganida, umumiy miqdori 9,64 grammni tashkil etuvchi gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tadbir davomida umumiy miqdori 20,81 gramm gashish giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar