AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda non ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan unni sotib yuborgan rahbar kirdikorlari fosh bo`ldi

'O`rtachirchiqda non ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan unni sotib yuborgan rahbar kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Qolipli non ishlab chiqarish uchun xarid qilingan un mahsulotini sotib yuborish holati fosh etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi va DSI xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.Non” va “R.Non” MChJlarining sobiq rahbari M.A.ning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi. 

U 2018-2019 yillarda aholining qolipli nonga bo`lgan ehtiyojini ta`minlash maqsadida jami 3,5 mlrd. so`mlik 2 276,8 tonna un mahsulotini imtiyozli narxlarda xarid qilib, amalda qolipli non ishlab chiqarmasdan un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganligi, shuningdek, 248,3 mln. so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar