Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining marketing va targ`ibot yo`nalishida faoliyat yuritayotgan 8 nafar xodimi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida tajriba almashinuvi mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidan delegasiya a`zosi Sherzod Sultanovning xabar berishicha Mashg`ulotlar joriy yilning 27 - 29 yanvar kunlari Anqarada - Vazirlikning markaziy devonida, 30 yanvar - 1 fevral kunlari Istanbuldagi EMITT xalqaro turizm yarmarkasi doirasida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Turkiya madaniyat vazirligining Tarlibot Bosh boshqarmasi o`rinbosari janob O`nur Go`zet Qo`mita delegasiyasini qabul qilib, ikki davlat o`rtasidagi ko`p ming yillik do`stlik, qardoshlik tamoyillari asosida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va turizm munosabatlari yanada mustahkamlanib borayotganini ta`kidkadi.
Seminarlar kecha 27 yanvar kuni Vazirlikning Xorijiy ofislar boshqarmasi koordinatori Emre Turkdo`g`du tomonidan ochib berilgan "Jahon turizmida kuzatilayotgan yangi tendensiyalar", "Jahon turizm bozorida Turkiyaning o`rni va tajribasi" hamda Elektron targ`ibot boshqarmasi Loyiha koordinatori Go`kche Inje tomonidan taqdimot qilingan "Zamonaviy sharoitda raqamli texnologiyalarning turizm targ`ibotidagi ahamiyati" mavzularidagi suhbatlardan boshlandi.
Seminarlarda O`zbekistonning turizm salohiyati, turizm targ`ibotida qaysi jihatlarga e`tibor qaratilishi va qanday metodlardan foydalanilishi samarali bo`lishi masalalari muhokama qilindi.
Tajriba almashinuvi darslari davom etmoqda






