AsosiyDunyo

Koronavirusdan vafot etganlar soni 106 kishiga etdi

'Koronavirusdan vafot etganlar soni 106 kishiga etdi'ning rasmi

Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga etdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi. Bu haqda Xitoy rasmiylariga tayanib, AFP xabar bermoqda.

Xubey viloyatining sog`liqni saqlash komissiyasidan ma`lum qilishlaricha, virusdan yana 24 kishi vafot etgan, 1291 kishi esa kasallikni yuqtirib olgan. Hozirda butun Xitoy bo`yicha koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 4 mingdan oshib ketgan.

Ma`lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o`chog`i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o`ndan ortiq mamlakatda xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to`liq yoki qisman yopilgan. O`zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko`rilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Koronavirus cababli qashqadaryolik 4 nafar talaba Xitoydan olib kelindi.

Ayni paytda Xitoyda bo`lib turgan o`zbekistonliklarga muhim eslatmalar.

    Boshqa yangiliklar