Uchko`prik tumanidagi fermer xo`jalikka qarashli 28 000 000 so`mlik 4 bosh qoramollarni 3 nafar shaxs o`g`irlab ketdi.
Uchko`prik tumani IIBga 2020 yil 24 yanvar kuni, Uchko`prik tumani Puchug`oy qishlog`ida yashovchi, tumandagi fermer xo`jaligi rahbari, 58 yoshdagi N.M ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 23 yanvardan 24 yanvarga o`tar kechasi, Uchko`prik tumani Mehnatobod MFY hududidagi fermer xo`jaligi dala maydoniga bog`lab qo`ygan jami narxi 28 000 000 so`mlik 4 bosh mollarini noma`lum shaxs o`g`rilab ketganligini ma`lum qilgan. Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan 2020 yil 24 yanvar kuni noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Uchko`prik tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar davomida, ushbu jinoyatni Buvayda tumanida yashovchi 28 yoshli N.O, 28 yoshli S.A va 44 yashar R.Ular sodir etishganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlanishgan.Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






