AsosiyDunyo

Koronavirus cababli qashqadaryolik 4 nafar talaba Xitoydan olib kelindi

'Koronavirus cababli qashqadaryolik 4 nafar talaba Xitoydan olib kelindi'ning rasmi

Muborak tumani Tibbiyot birlashmasida Qashqadaryo viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i G`ofir Pirnaev ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan. Tuman hokimligi axborot xizmatining «Nasafnews»ga xabar berishicha, davra suhbatida Xitoydan 4 nafar qashqadaryolik talabalar etib kelishganini, ular hozirda barcha tekshuruvlardan o`tayotganligi haqida ma`lumot berilgan.

 

Koronavirus bo`yicha yuzaga kelgan murakkab epidemik vaziyat dunyo miqyosida xavotirli tus olmoqda. Ushbu epidemik vaziyatga qarshi yurtimizga kerakli barcha choralar ko`rilmoqda. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo`lim boshlig`i Farhod Boyhonov esa xavotirga tushish kerak emasligini ammo har qanday vaziyatga tayyor turish kerakligini bildirib o`tdi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar