AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kun ichida fuqarolardan 39 ta pichoq olib qo`yildi

'Toshkentda bir kun ichida fuqarolardan 39 ta pichoq olib qo`yildi'ning rasmi

Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo`yildi. 

24 yanvar kuni Toshkent IIBB xodimlari tomonidan ichki ishlar idoralari xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmagan va hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo`yildi, deya xabar qildi poytaxt boshqarmasi matbuot xizmati.

Xususan, soat 23:30 atrofida Bektemir tumanidagi «Qo`yliq» bozori yaqinida bir erkak xujjatlarini tekshirish uchun to`xtatilganda xatti-harakatlari ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg`otdi. U shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortdi va yaqin atrofdagi ichki ishlar bo`limiga borish so`ralganida, yashirinishga harakat qildi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 24 yoshli X. I. bilan o`tkazilgan tekshirish paytida uning ustki kiyimining cho`ntagidan pichoq topildi. U pichoqni qanday maqsadda olib yurganini tushuntirib bera olmadi.

Xuddi shu kuni Sergeli tumanida soat 02:10 atrofida patrul-post xizmati xodimlari 33 yoshli K. B.ni hujjatlarini tekshirish uchun to`xtatdi. U hujjatlarini taqdim etish so`ralganida o`zini juda tajovuzkor tutdi. Shaxsiy tintuv paytida erkakning yonidan pichoq chiqdi. Vaziyatni aniqlashtirish uchun u tuman ichki ishlar bo`limiga olib borilgan.

Taxminan soat 10:50 atrofida Shayxontohur tumanida «Xadra Milliy Taomlar» kafesi yaqinida yana bir erkakning xatti-harakatlari IIBB xodimlari e`tiborini tortdi. Tekshiruv vaqtida Andijon viloyatidan bo`lgan 40 yoshli B.K. shimining cho`ntagida pichoq olib yurgani aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan ma`muriy bayonnomalar tuzildi. Toshkentda o`tkir buyumlarni olib yurish va ular yordamida tan jarohatlari etkazilishiga qarshi profilaktika choralari davom ettiriladi, deya qayd etiladi IIBB xabarida.

Boshqa yangiliklar