Krishtianu Ronaldu futboldagi faoliyatini yakunlaganidan so`ng Madridda yashashni maqsad qilyapti va shu tufayli hozirda Ispaniya poytaxtiga o`z investitsiyalarini kiritishda davom etyapti.
Portugaliyalik futbolchi Turinga ko`chib o`tganidan buyon Madriddagi biznesi orqali 40 million evro miqdorida foyda ko`rgan: 15 million evro yangi mehmonxonadan va 25 million evro soch ko`chirib o`tqazish klinikasidan. Eslatib o`tamiz, bundan tashqari Ronalduning Ispaniya poytaxtida mashhur bo`lgan mashg`ulotlar zali tarmog`i ham o`z faoliyatini davom ettirmoqda.






