“Urganch-Yangiariq” avtomobil yo`lining 0-8 km hamda 4R162 avtomobil yo`lining 3-6 km qismlariga o`rnatilgan tungi yoritish chiroqlaridan foydalanishda tegishli hujjatlarsiz elektr tarmog`iga ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelayotganligi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, “Xorazmyo`lqurilish” UK tomonidan yuqorida qayd etilgan avtomobil yo`llarining tegishli qismlariga o`rnatilgan tungi yoritish chiroqlaridan tegishli hujjatlarsiz ulanib, undan foydalanib kelganligi to`plangan hujjatlar bilan ham o`z tasdig`ini topgan.
Buning natijasida, “Xorazmyo`lqurilish” tomonidan Urganch shahar elektr ta`minoti korxonasiga 63 mln. 939 ming so`m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlangan.
So`ngra, MIB Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan “Xorazmyo`lqurilish” UK mas`ul shaxsining o`z qilmishiga amalda pushaymon bo`lganligi, ta`minotchi korxonaga etkazilgan 63 mln. 939 ming so`m zararning belgilangan muddat ichida o`rnini qoplab berdi.






