2020 yil 5-6 mart kunlari O`zbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi bo`lib o`tadi. Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum eksklyuziv tadbir bo`lib, o`z maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini to`plash uchun xizmat qiladi.
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilmoqda.
Forum dasturi bo`yicha qator yo`nalishlarda panel sessiyalari o`tkazilishi ko`zda tutilgan, jumladan: "Biznes uchun ochiqlik", "Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish", "Texnologik innovasiyalarni qo`llash".
Forumda ishtirok etish uchun www.tiif.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tish mumkin






