O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi 2020 yil 10 aprelda ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotini o`tkazadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.
Kinotaqdimotda 2019 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha premerasi bo`lib o`tgan davlat va nodavlat studiyalarining to`liq metrajli, badiiy, hujjatli, animasion filmlari qatnashishlari mumkin. Arizalar joriy yilning 25 yanvaridan 20 fevraliga qadar qabul qilinadi. Arizalar faqat yuridik shaxslar (Kinostudiya) tomonidan taqdim etiladi.
Ma`lumot uchun, "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotida ishtirokchilar 17 nominasiya bo`yicha taqdirlanadilar.
G`oliblik nominasiyalari:
O`zbek kinematografiyasiga qo`shgan hissasi uchun» «Oltin Humo» maxsus mukofoti;
ENG YaXShI HUJJATLI FILM;
ENG YaXShI ANIMASION FILM;
ENG YaXShI KOMPYuTER GRAFIKASI;
ENG YaXShI OVOZ REJISSYoRI;
ENG YaXShI GRIMM RASSOMI;
ENG YaXShI MONTAJ IShI;
ENG YaXShI LIBOS BO`YIChA RASSOM IShI;
ENG YaXShI RASSOM IShI;
ENG YaXShI KINO BASTAKORI;
ENG YaXShI SSENARIY;
ENG YaXShI OPERATORLIK IShI;
ENG YaXShI REJISSYoRLIK IShI;
ENG YaXShI AYoL ROLI;
ENG YaXShI ERKAK ROLI;
TOMOShABIN MEHRINI QOZONGAN FILM;
YILNING ENG YaXShI FILMI






