AsosiyJamiyat

Endi abiturientlarda 6 ta bakalavriat yo`nalishini tanlash imkoni bor

'Endi abiturientlarda  6 ta bakalavriat yo`nalishini tanlash imkoni bor'ning rasmi

Yangilik sifatida joriy o`quv yilidan davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun 6 tagacha bakalavriat ta`lim yo`nalishini tanlash imkoniyati berilayotganini hisobga olsak, bunday imkoniyatning qamrov hajmi kattaligidan qolib ketayotgan bo`sh joylar masalasi ham o`z-o`zidan hal etilishi mumkin.

Shuni alohida qayd etish kerakki, avvalgi yilda 3 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan bo`lsada, fanlar ketma-ketligi, baholash mezoni turlicha (3,1; 2,1; 1,1 ball) bo`lganligi sababli, imkoniyatdan to`liq foydalanishga erishilmadi. Taklif etilayotgan yangilikka ko`ra endilikda fanlar majmui ketma-ketligi, har xil ball berish tushunchasi bo`lmaydi. Joriy yildan boshlab majburiy fanlardan to`g`ri topilgan har bir javobga 2,1 balldan beriladi, tanlangan ta`lim yo`nalishiga mos 2 ta fan bo`yicha to`g`ri javob bir xil – 3,1 balldan baholanadi. Natijada abiturientlarning qamrov kengligi keskin oshadi.

Eslatib o`tamiz, abiturientlar uchun o`tgan o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalariga test sinovlarida 3 tagacha bakalavriat ta`lim yo`nalishini tanlash tartibi joriy etildi. Hukumat qarori bilan joriy etilgan bunday tartib natijasida, abiturientlarning o`qishga kirish imkoniyati 3 barobarga oshdi. Natijada avvalgi yillarda to`lmay qolib ketayotgan minglab bo`sh (vakant) joylar soni, 2019/2020 o`quv yilida keskin kamaydi. 

    Boshqa yangiliklar