Joriy yilning 24-29 fevral kunlari Andijon viloyatida Xalq ta`limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda O`zbekiston Sharda universiteti bilan hamkorlikda “Talabalikka bir qadam” ochiq olimpiadasi o`tkaziladi. Bu haqda Prezident maktablari matbuot xizmati xabar beradi.
Ushbu olimpiada Respublikamizdagi umumta`lim maktablarining 9-11-sinf o`quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Olimpiadada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan jami 50 ta onlayn tartibda ( 40 ta savol fan yo`nalishi va 10 ta savol ingliz tili fanidan) savollar uchun 75 daqiqa vaqt beriladi 100 ballik tizimda baholanadi.
Olimpiada uchun test topshiriqlari Xalq ta`limi vazirligining Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti hamda O`zbekiston Sharda universiteti bilan hamkorlikda tuziladi.
Ishtirokchilar orasidan sinflar va fanlar kesimida g`olib o`quvchilar aniqlanadi.
1-o`rin Sharda universitetiga grant asosida qabul qilinadi.
2-o`rin Sharda universitetiga 50% kontrakt to`lovga imtiyoz
3-o`rin Sharda universitetiga 30% kontrakt to`lovga imtiyoz
Sertifikatlar 3 yilgacha o`z kuchini saqlab qoladi, deyiladi xabarda.






