Kaliforniya shtatidagi Orinj tumani sog`likni saqlash agentligi ma`lumotlariga ko`ra, AQShda koronavirusga chalinish bilan bog`liq navbatdagi holat qayd etildi.
Virusga chalingan bemor AQShga Xitoyning Uxan shahridan kelgan. “U hozirda mahalliy shifoxonaga yakka tartibdagi muhit nazorati ostida joylashtirilgan”, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Eslatib o`tamiz, avvalroq AQShda ikki kishi mazkur virusga chalingani ma`lum qilingandi.






