Namanganning «Navbahor» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan Baxtiyor Ashurmatov O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda olympic.uz nashri xabar beradi.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston olimpiya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov Talandda bo`lib o`tgan «Qirol Kubogi» bahslaridan so`ng o`z vazifasidan ozod etilgan edi.
"Navbahor" klubi bosh murabbiyi, shuningdek O`zbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga assistentlik qilib kelgan Baxtiyor Ashurmatov endilikda olimpiya terma jamoasini U-23 yoshlar o`rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorlaydi. Mazkur yosh toifasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 23-31 mart kunlari Bangladeshda bo`lib o`tishi haqida avvalroq xabar bergan edik.





