AsosiyJamiyat

Yanvarning so`nggi haftasida ob-havo qanday bo`ladi?

'Yanvarning so`nggi haftasida ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 28-31 yanvar kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 29-31 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja iliq, 29-31 yanvarda +4+9 darajagacha ko`tariladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja iliq, 29-31 yanvarda +4+9 darajagacha ko`tariladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo, VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 0-5 daraja iliq, 30-31 yanvarda +5+10 darajagacha ko`tariladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 29-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 3-8 daraja iliq, 30-31 yanvarda 5-10 daraja iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, 29-30 yanvarda 9-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 29-31 yanvarda 1-6 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar