AsosiyDunyo

Eronda samolyot favqulodda qo`nishni amalga oshirdi

'Eronda samolyot favqulodda qo`nishni amalga oshirdi'ning rasmi

Eronda samolyot Tehron aeroportiga favqulodda qo`nishni amalga oshirdi, deya xabar berdi tarjimon.uz.

Samolyot Tehrondan Istanbulga ketayotgan edi, ammo texnik nosozlik tufayli qaytib keldi. Yo`lovchilar va ekipaj a`zolariga hech qanday shikast etmagan. Samolyot Mehrabad aeroportiga xavfsiz tarzda qo`ngan.

Ammo, ”Eran Airtour” kompaniyasiga tegishli ushbu samolyot duch kelgan texnik muammolar haqida qo`shimcha ma`lumot berilmagan.

Eslatib o`tamiz, Eron 8 yanvar kuni Tehron yaqinida tasodifan Ukraina samolyotini urib tushirgan va samolyot bortidagi barcha 176 kishi halok bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar