AsosiyDunyo

Fransiyada navbatdagi 82-limon festivali bo`lib o`tdi

Bir necha kun avval, aniqrog`i 14 fevral kuni Fransiyaning Menton shahrida navbatdagi 82-limonlar festivali bo`lib o`tdi. Ushbu festival 4 martgacha davom etadi.

Fransiyada sitrus mevalari yiliga uch marta etishtiriladi. Ushbu festival sitrus mevalarining birinchi xosiliga bag`ishlanadi.

Festival 1930 yildan e`tiboran o`tkazib kelinadi. Dastlab bir qancha daraxtlargina limonlar bilan bezatilgan.

Bugungi kunga kelib esa, limon va boshqa sitrus mevalari bilan turli multfilm va kino qahramonlarining temir karkaslari, binolar va boshqa qiziqarli shakllar bezatiladi.

Har yili ana shunday festivalni uyushtirish davomida 1,5-2 tonna sitrus mevalari kerak bo`ladi.

Bundan tashqari, ko`ngilli bir necha ming kishi yordamida 20 ming soat vaqt sarflanadi. Har yili festivalni ko`rish uchun dunyoning turli burchaklaridan 200 000 dan ortiq sayyohlar kelishadi. 

    Boshqa yangiliklar