AsosiyJinoyat

Andijonda chet ellik tadbirkorni katta midordagi pulga aldashdi, tergov olib borilmoqda

'Andijonda chet ellik tadbirkorni katta midordagi pulga aldashdi, tergov olib borilmoqda'ning rasmi

2015 yilning noyabr oyida 37 yoshli T.A., Xalq Respublikasi fuqarosi 43 yoshli A.Z. bilan tanishib, A.Z.ning ishonchiga kirib, o`zaro birgalikda XXRdan O`zbekistonga sitrus mevalarni ekspert qilish bo`yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Shu tariqa, 2016 yilning yanvar oyigacha A.Z. tomonidan yuborilgan umumiy bahosi 1.201.082.400 so`m (126.000 AQSh dollari) ga teng bo`lgan sitrus meva mahsulotlarini O`zbekiston hududida qabul qilib olishga erishib, mahsulotning bir qismi ya`ni 616.746.280 so`m (64.700 AQSh dollari) pullarni A.Z.ga bergan. 

Hamda mahsulotlarni ichki bozorlarda sotib, qolgan 584.336.120 so`m (61.300 AQSh dollari) miqdoridagi pullarni hozirgi kunga qadar qaytarib bermasdan, o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ning arizasiga asosan darhol 2020 yilning 21 yanvar kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda T.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar