O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda.
Murojaatnomada Prezident tomonidan Oliy o`quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobarga ko`paytirilib, qizlar uchun oliy o`quv yurtlarida alohida grant o`rinlari ajratilishi ma`lum qilindi. Pedagogika oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olish 3 yil bo`ladi.
Shuningdek, 30 foiz keraksiz fanlar borligi aytildi. Keraksiz fanlar 2 baravarga qisqartiriladi. Oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi.
2020/2021 o`quv yilida davlat grantlari ikki barabor ko`paytiriladi. Qizlar uchun alohida grantlar ajratiladi.
Avvalroq murojaatnomada Prezident tomonidan 2020 yil — "Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e`lon qilindi.
Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida o`tmoqda. Unda Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari, shuningdek, ijro hokimiyati va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.






