AsosiyJamiyat

2019 yilda O`zbekistonga 308 nafar mehnat muhojirining jasadi olib kelingan

'2019 yilda O`zbekistonga 308 nafar mehnat muhojirining jasadi  olib kelingan'ning rasmi

23 yanvar kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi OAV vakillari uchun matbuot anjumani o`tkazdi. Unda "Darakchi" muxbiri ham ishtirok etdi...

 “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida”gi Prezident farmoni ijrosi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo`lib o`tgan uchrashuvda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i Baxtiyor Tursunov sohaga taalluqli ma`lumotlarni e`lon qildi. Shu bilan birga 2019 yilda O`zbekistonga necha nafar mehnat muhojirining jasadi  olib kelinganligi haqida ham statistik ma`lumotlar keltirildi. 

Baxtiyor Tursunov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i:

— Fuqarolarimizning chet el davlatlariga borib, vafot etishi albatta, ayanchli holat. Bu kabi voqealar yurtdoshlarimizga ham, marhumlarning oila a`zolariga qattiq ta`sir qiladi. Xorijda olamdan o`tgan fuqarolarning jasadini olib kelishga o`rtacha 1000—1500 AQSh dollari atrofida mablag` ketadi. Barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

2019 yilda 308 nafar migrantning jasadi O`zbekistonga olib kelindi. Ulardan 299 nafari Rossiyada, qolgani esa Yaponiya, Koreya, Germaniya, Qozog`iston, Turkiya, Ozarbayjon, Shvesiya kabi davlatlarda vafot etgan. Har bir murdani olib kelishga o`rtacha 1000 dollar miqdorida mablag` sarflangan.  

    Boshqa yangiliklar