“Ferrero” shirinliklari imperiyasining egasi Mikele Ferrero vafot etdi. U uzoq davom etgan kassalikdan so`ng 89 yoshida Monte-Karloda hayotdan ko`z yumgan.
Mikele Ferrero - shu kungacha Italiyadagi eng boy odam bo`lib, uning boyligi bir necha mlrd. AQSh dollariga teng.
Unga tegishli “Ferrero” kompaniyasi esa, dunyoga mashhur “Kinder”, “Ferrero roshe”, “Raffaello”, “Nutella” va “Tik-tak” konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradi.





