AsosiyJamiyat

Qozog`istonning 9 viloyatida 48 ta yo`l uchastkasida transport harakati to`xtatildi — o`zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

'Qozog`istonning 9 viloyatida 48 ta yo`l uchastkasida transport harakati to`xtatildi — o`zbekistonliklar ogohlantirilmoqda'ning rasmi

Ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo`ronlari sabab Qozog`istonning 9 viloyatida 48 ta yo`l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to`xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda

Qozog`iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, O`skemen-Ridder-RF chegarasi avtoyo`lining 15-105 km oralig`idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan. 

O`skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoe-Shemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtolari uchun yopildi. 

Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig`idagi (Semey-Sarjal), O`skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 105-123 km oralig`idagi (Shemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan. 

«Aqto`be-Bolgarka-Shubarquduq» trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha («Aqto`be-Astraxan» trassasi) bo`lgan qismida harakat butunlay to`xtatilgan. 

Haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo`lga chiqmasliklarini tavsiya etamiz.  

Favqulodda vaziyatga yo`liqqan haydovchilar 1403 raqamiga murojaat qilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda vazirlik.

    Boshqa yangiliklar