AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Belarus o`rtasida ta`limga oid hujjatlarni o`zaro tan olish to`g`risidagi bitim tasdiqlandi

'O`zbekiston va Belarus o`rtasida ta`limga oid hujjatlarni o`zaro tan olish to`g`risidagi bitim tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 22 yanvar kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi PQ-4570-sonli qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o`rtasida ta`limga oid hujjatlarni, o`qishga oid hujjatlarni o`zaro tan olish to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida ko`rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas`ul vakolatli organ etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar