So`nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni tobora ortib bormoqda. Bunga mamlakatimiz va jaxon miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy o`zgarishlar, jamiyatdagi ma`naviy-axloqiy xayotidagi yangiliklar o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqda...
Yurtimiz ayollari farzand tarbiyasi, oila xayotidagi fidoiyligi bilan jamiyatimiz mustahkamligi va ertangi kuniga zamin yaratmoqda. Shuningdek sog`liqni saqlash, ta`lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san`at va boshqa soxalarda ayollar samarali mexnat qilib, yurtimiz rivojiga beqiyos hissa qo`shmoqda.
E. Ubaydullaev, Namangan shahri bo`yicha IIO FMB boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik:
— Afsuski ba`zi bir ayollarimiz ayol, deb atalmish ulug` nomga dog` tushirib, tekindan boylik ortirishni o`zlariga kasb kilib olganlari xam uchrab turibdi. Shulardan biri Namangan shahrida yashovchi bir ayol muqaddam bir necha marotaba ya`ni,
- 2001 yilda JKning 166-moddasi 3-qism “a” bandi (talonchilik) bilan,
- 2002 yilda JKning 166-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (talonchilik), 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o`g`irlik),
- 2002 yilda JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik),
- 2005 yilda JKning 226-moddasi 2-qismi “a” bandi (ma`muriy nazorat qoidasini buzish),
- 2008 yilda JKning 131-moddasi 1-qismi (foxishaxona saqlash),
- 2017 yilda JKning 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan sudlanib, jinoyat ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumani sudining 2018 yil 5 oktyabr kungi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosi tayinlangan.
Qonunlarimizda bag`rikenglik, insonparvarlik tamoyillari tufayli ushbu jazo muddati 3 yil muddatga sinov jazosiga belgilangan bo`lsada, bu kabi insonparvarlik tamoyillardan o`ziga tegishli xulosa chiqarmagan. Aksincha, qayta jinoyat sodir etish yo`liga kirib, xavfli residivist bo`lgani xolda 2019 yil 21 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Chorsu Dehqon bozori” MChJga kelib, bozor hududida bir fuqaroni xarid ishlari bilan bandligini ko`rib, 2016 yilda tug`ilgan nabirasini o`z harakatlarini anglay olmasligidan foydalangan. Aniqrog`i, uning qulog`idagi narxi 500 ming so`mlik zirakni echib olib, yashirin ravishda talon-taroj qilib, o`g`irlik jinoyatini sodir etgan.
Unga nisbatan Namangan shahri bo`yicha IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudida mazmunan ko`rib chiqilib, ayblanuvchiga 5 yil bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.






