Bugun, 17 fevral kuni ertalab, Yaponiyaning shimoli-sharqida 6,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda yapon milliy meteorologiya boshqarmasi xabar qilgan, deya yozadi uz24.uz nashri.
Ma`lum bo`lishicha, bu zilzila markazi dengizda bo`lib, endilikda mamlakatga kuchli to`fon tahdid qilmoqda. Bu sunami Yaponiyaning Ivate prefekturasida 1 metr balandlikkacha ko`rinishda yuz berishi kutilmoqda.
Ayni paytda sunami xavfi tufayli qirg`oq hududlaridan 15 mingga yaqin kishi ko`chirilgan.
Bu to`fon mamlakat shimoli-sharqidagi Xonsyu va Xokkaydo orollaridagi 17 prefekturaga ta`sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Tohoku Electric Power kompaniyasi operatori bu sunami AESlar faoliyatiga ta`sir qilmasligini ma`lum qilgan.
Japan Railway kompaniyasi vaqtinchalik Shinkansen tezyurar poezdlari harakatini to`xtatib turishini ma`lum qilgan.
Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe qarorgohida favqulodda holat haqida ma`lumot to`plash uchun maxsus shtab tashkil etilgan.





