20 yanvar kuni Sirdaryo viloyatida IIB YPX xodimining buyruqlariga bo`ysunmagan haydovchi va inspektorga tan jarohati etkazgan yo`lovchi voqeasi haqida ma`lumot bergan edik.
Ana shu mast yo`lovchiga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda, IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan joriy yilning 21 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Jinoyat ishi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda






