AsosiyJinoyat

56 million so`mlik quyma oltinni Dehliga olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs fosh bo`ldi

'56 million so`mlik quyma oltinni Dehliga olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs fosh bo`ldi'ning rasmi

Toshkent  xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan “yashil” yo`lak orqali chiqib ketayotgan yo`lovchining bezovtalanishi bojxonachilar diqqatini tortdi. 

Shundan so`ng ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo`ldi, deya xabar beradi DBQ rasmiy axborot kanali.

Bojxona xodimlarini chalg`itishga uringan ushbu shaxs 122 gr. og`irlikdagi tilla quyma bo`lagini go`yoki kamarning to`qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo`lgan ekan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yashirincha olib chiqishda to`xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so`mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar