22 yanvar kuni taxminan soat 11.00 dan boshlab Samarqand viloyatining Urgut tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarini bog`lovchi yo`l, ya`ni “Taxtiqoracha” dovonida avtomashinalar uchun harakat yana vaqtincha to`xtatildi.
dovon yo`lining Urgut tumani “Omonqo`ton” qishlog`idan o`tuvchi qismini juda qalin qoplaganligi, hattoki qorning 25 sm gacha etkanligi harakat to`xtatilishiga sabab bo`lgan, deya xabar beradi “Jahon.uz” nashri.
Aynan yo`lning shu qishloq hududidan o`tuvchi qismiga quyosh nuri tushish kamligini hisobga olganda haydovchilar ancha muddat bu yo`lda harakatlanishga qiynalishadi.






