22-23 yanvar kunlari robototexnika bo`yicha bo`lib o`tadigan “World wide robotics - 2020” festivalida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari jamoalari ishtirok etadi. Ular orasida robototexnika bo`yicha chempionlar – Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh ham bor.
Mamlakatimizning IT park huzuridagi IT centers, UZ robo up jamoasidan Suxrob Haydarov, Rashid Rashidov, Bektemir Miro`ktamov, Jafar Orifjonov ishtirok etadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.






