AsosiyJamiyat

GAZ, ELEKTR VA SUVDAN ASOSSIZ QARZDORLIKLAR QAERDAN KELIB ChIQADI?

'GAZ, ELEKTR VA SUVDAN ASOSSIZ QARZDORLIKLAR QAERDAN KELIB ChIQADI?'ning rasmi

Bugun 22 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas`ul xodimdari bilan “Kommunal sohadagi asossiz qarzdorliklar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish bo`yicha qilinayotgan ishlar” mavzusida brifing bo`lib o`tdi. 

Xasan KABIRDJANOV, Bosh prokuratura huzuridagi MIB direktorining 1-o`rinbosari:

– Byuro faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon dolzarb masalalalrdan biri bu albatta, noreal, ya`ni asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish bilan bog`liq masalalardir. Asossiz qarzdorliklar muqaddam ta`minotchi korxonalar tomonidan iste`molchilar to`liq ko`rikdan o`tkazilmaganligi, energiya resurslari va suv ta`minotining talon-taroj qilinishi va iste`molchilarga etkazib berilishidagi tabiiy yo`qotishning iste`molchilar zimmasiga qarzdorlik sifatida hisoblanishi sababli yuzaga ketganini ko`rsatmoqda. Bunday qarzdorliklarni iste`molchilar zimmasidan olib tashlash choralari ko`rilmoqda.

Shu kungacha Respublikamizdagi 429 ming nafardan ortiq iste`molchilarga foydalanilmagan elektr energiyasi uchun 545 mlrd. so`m, tabiiy gaz bo`yicha 212 ming nafar iste`molchilarga 430,8 mlrd. so`m asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlanib, ushbu asossiz qarzdorlik elektron dasturdagi iste`molchilarchilarning hisob varag`idan chiqarilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan.

    Boshqa yangiliklar