AsosiyJamiyat

Xalq banki matbuot kotibi: "Mijozga lotereya majburan sotilmagan"

'Xalq banki matbuot kotibi: "Mijozga lotereya majburan sotilmagan"'ning rasmi

"Potrebitel Buxara" kanalida bir mijoz to`lov qilish uchun Xalq banki kassasi xizmatidan foydalangani va shu paytda unga majburan lotereya chiptasi sotilganini yozgan. 

Xalq banki matbuot kotibi Yunus Bo`ronovning rasmiy kanalida ushbu holat o`rganib chiqilgani aytilmoqda. 

O`rganish natijasiga ko`ra, mijoz haydovchilik guvohnomasini olish uchun ikkinchi marta imtihon topshirishga kelgan va Xalq banki kassasi orqali to`lov qilmoqchi bo`lgan.

Kassaga to`lov qilib bo`lgach, kassir qiz mijozga Xalq bankining yangi mahsulotlarini, jumladan, qiymati 3 ming so`mlik "Omad qushi" lotereyasini ham tavsiya qilgan. Mijoz o`z xohishi bilan omadini sinab ko`rishga rozi bo`lgan, ammo lotereyadan yutuq chiqmagan.

Kassir qizning aytishicha, mijoz bilan hech qanday tortishuv yoki kelishmovchilik bo`lmagan.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, Xalq banki mijozlarga o`z mahsulotlarini tavsiya etish, mijozlar esa bu tavsiyani qabul qilish yoki qilmaslik huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar