IIBB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, Yashnobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Svetlana K. va 28 yoshli Manzura A.lar o`zlarini aldab Olma-ota shahriga fohishalik uchun jo`natmoqchi bo`lgan 32 yoshli Iroda D.ga nisbatan chora ko`rishlarini so`rab murojaat qilishgan.
Ushbu murojaat sabab Toshkent shahar IIBB xodimlari Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblari bilan birga Iroda Dni kuzatishni boshlaydi. 15-yanvar kuni taxminan soat 15.00 da Iroda D. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “G`ishtko`prik” chegara postida qizlarni qo`shni respublikaga jo`natayotgan vaqtida qo`lga olindi.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (“Odam savdosi”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






