Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo`yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichi davom etmoqda. Sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o`tayotgan nufuzli musobaqada hamyurtimiz 2004 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.
Ilk turni oq donalarda o`ynashiga qaramay boy bergan hamyurtimiz kecha o`tkazilgan 2-turda biroz kutilmagan natija qayd etdi. Qosimjonov qora donalarda o`ynashiga qaramay, Shaxriyar Mamadiyarovni mag`lub etdi. Ozarbayjonlik grosmeyster kecha ilk turda qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagravdan ustun keldi. Kechagi qolgan barcha partiyalar durang natija bilan yakunlandi.
Bugun Rustam Qosimjonov 3-turda oq donalarda gollandiyalik Anish Giri bilan hisob-kitob qiladi. Bugun tur oldidan hamyurtimiz bir ochko bilan 4-o`ringa ko`tarilib oldi. Kuchli uchlik borayotgan Evgeniy Tomashevskiy, Aleksandr Grishuk va aynan Ani Giri hisobida 1,5 tadan ochko bor.





