AsosiyJamiyat

Marg`ilonda marxum er yashirgan 50 dona patronlarni xotini topib oldi

'Marg`ilonda marxum er yashirgan 50  dona  patronlarni xotini topib oldi'ning rasmi

Marg`ilonda marxum turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan 50  dona 5.6 kalibrli patronlarni topib olgan fuqaro, o`z ixtiyori bilan ularni  IIBga topshirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2020 yil 09 yanvar kuni Marg`ilonlik  X.M ismli ayol Marg`ilon shahar IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2020 yil 9 yanvar kuni yashash uyi yotoqxonasidagi javon ichidan marxum turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan 50  dona 5.6 kalibrli patronlarni topib olganligi bildirib, ushbu patronlarni o`z ihtiyori bilan Marg`ilon shahar IIB xodimlariga topshirgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar