Bugun Fransiyaning Marsel shahrida “Open 13” deb nomlangan tennis turnirining asosiy to`r bahslari start oladi. ATP tasnifidagi ushbu nufuzli turnirning mukofot jamg`armasi 565 ming 735 evrodan iborat.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham yakkalik, ham juftlik bahslarida ishtirok etadi. Bugun u yakkalikning ilk davrasida xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi yarim tunda kortga chiqadi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Juftlik bellashuvlarida esa Denis qozog`istonlik Andrey Golubev bilan birga o`ynaydi. Navbatdagi bosqichga chiqish uchun Istomin va Golubev Buyuk Britaniya va Avstraliya vakillari Jeymi Marrey hamda Jon Pirsni engishlari lozim bo`ladi.





